Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha reyslar qo‘yilmoqda
Yakshanba kuni Toshkent shahridagi avtovokzallarda ulkan navbatlar yuzaga keldi. Vokzallarda to‘planganlarning aksariyati talabalardir - O‘zbekistonda koronavirus paydo bo‘lgani tufayli dushanba kunidan barcha ta'lim muassasalarida ta'til e'lon qilindi.
«Mutasaddilar talabalarni vahima ko‘tarmaslikka chaqirmoqda. Barcha yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish ta'minlanishi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda», deyiladi O‘zA xabarida.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 16 martdan Toshkent-Urganch yo‘nalishida 556-sonli qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, mazkur poyezd bugun tunda soat 00:10da Toshkent janubiy temir yo‘l vokzalidan jo‘nashi haqida ma'lum qilgan.
«Hurmatli yo‘lovchilar boshqa yo‘nalishlarga ham qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ veb saytini kuzatib boring, bu haqda ma'lumotlar berib boriladi», deyiladi xabarda.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» talabalar shaharchasida ko‘chma kassa tashkil etgan. Talabalar o‘sha yerning o‘zidayoq chiptani rasmiylashtirishi mumkin.

Transport vazirligi talabalar uchun 50 foizlik chegirmalar haqida e'lon qilgan.
«Oliy ta'lim muassasalarida o‘qish to‘xtatilgani tufayli viloyatlarda yashaydigan talabalarning uyga qaytish xarajatlari uchun avia va temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 50 foiz chegirma taqdim etiladi», deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:51 / 11.04.2025