Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan o‘zbekistonlikka shu hafta oxirida javob berilishi mumkin
Janubiy Koreyaning bir necha axborot portallari 60 nafar xorijlikda COVID-19 aniqlanganligi to‘g‘risida xabarlar e'lon qilgan, ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aytilgandi.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan O‘zbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi.
«Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun o‘z ismini aytmaslikni so‘radi», - deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi Tegu shahridagi kompaniyalardan birida ishlab kelgan.
Vatandoshimiz joylashtirilgan tibbiy muassasa bergan ma'lumotga ko‘ra, u hafta oxirigacha yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berilishi mumkin.
Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a'zolariga murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi: (+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning bir necha axborot portallari 60 nafar xorijlikda COVID-19 aniqlanganligi to‘g‘risida xabarlar e'lon qilgan, ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aytilgandi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
23:21 / 15.05.2025