Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari qoldirildi
2020 yilning mart-aprel oylarida o‘tkazilishi e'lon qilingan pedagog kadrlar attestatsiyasining dastlabki bosqichi malaka sinovlari o‘tkazilishi qoldirildi
Joriy yilning 15 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi o‘tkazilib bir qator qat'iy choralar belgilandi.
Xususan, odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar o‘tkazishni ham vaqtincha to‘xtatilishga qaror qilindi.
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash hamda pedagoglarning sog‘lig‘ini himoyalash maqsadida 2020 yilning mart-aprel oylarida o‘tkazilishi e'lon qilingan pedagog kadrlar attestatsiyasining dastlabki bosqichi malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi qoldirilganini ma'lum qildi.
Pedagog kadrlar uchun malaka (test) sinovlari qachon o‘tkazilishi haqida Ta'lim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali qo‘shimcha xabar beriladi.
Avvalroq, nodavlat ta'lim tashkilotlarining o‘quvchilariga ta'til berish tavsiya qilingandi.
Mavzuga oid
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
13:35 / 03.03.2025