Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida shtab tuzildi
Shtablar va hududiy ishchi guruhlarga sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatildi
Mamlakatda sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida 2020 yil 16 mart kuni Bosh prokuraturada bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligida shtab, viloyat va unga tenglashtirilgan prokuraturalarda viloyat prokurorlari rahbarligida hududiy shtablar, tuman-shahar prokuraturalarida tuman prokurorlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlar tuzildi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, shtablar va ishchi guruhlar faoliyatiga sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, sanitariya-epidemiologiya nazorati, soliq, ichki ishlar organlari vakillari jalb etildi.
Shtablar va hududiy ishchi guruhlarga sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, aholi orasida asossiz vahima va xavotirlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari va tibbiy buyumlar narx-navosi barqarorligini ta'minlash, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish bo‘yicha vazifalar yuklatilib, ijrosi tashkil etildi, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 13 kishiga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
10:21 / 17.01.2025
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi
13:01 / 27.09.2023