O‘zbekiston | 10:27 / 18.03.2020
73040
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi 

Yangi cheklov tadbirlari 2020 yil 17 martdan boshlab joriy etildi

Foto: Reuters

O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining 2020 yil 17 mart kuni “COVID-19 koronavirus infeksiyasining respublika hududida tarqalishini oldini olish, kasallikni to‘g‘ri tashxislash va davolash jarayonida profilaktik cheklov tadbirlarini joriy etish to‘g‘risida” 5-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu Qarorga muvofiq, 2020 yil 17 martdan boshlab quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha cheklov o‘rnatiladi;
  • bemorlarni ko‘rgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxisot-davolash ishlariga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqot qilishlari taqiqlanadi; 
  • davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini o‘lchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan o‘tkazish tashkil etiladi;
  • davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qat'iy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri bo‘ylab kunu-tun qo‘riqlanishi joriy etiladi; 
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini o‘tkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan o‘tkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;
  • bemor va uning oila a'zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma'lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat'iy nazorat o‘rnatiladi;
  • epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi bo‘lgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi.

Bundan oldin, koronavirusga tekshiruvdan o‘tish tartibi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid