O‘zbekiston | 13:00 / 18.03.2020
50633
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyatda DSB boshliqlari o‘zgardi

Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat soliq boshqarmalarida yangi boshliqlar tayinlandi.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Yunusjon Zohidovich Nasimjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Yunusjon Nasimjonov

Yunusjon Nasimjonov 1967 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U yangi lavozimida Abdukarim Saparovich Ishnazarov o‘rnida ish boshladi.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbarligiga esa Shukurulloxon Xolmatxonovich Nisbatxonov tayinlangan.

Shukurulloxon Nisbatxonov

1969 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan Shukurulloxon Nisbatxonov shu kunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida ham rahbar o‘zgargan. 

Ravshan Raimov

2019 yilning martidan buyon boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Abdujalil Kurbanov lavozimidan ozod etilib, Ravshan Isakdjanovich Raimov prezident farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ravshan Raimov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U shu kunga qadar Toshkent shahri Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid