Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh kotibi O‘zbekistonda 50 mingga yaqin shaxsga fuqarolik berilishini olqishladi
O‘zbekistonda fuqaroligi yo‘q shaxslarning yarmidan ortig‘i – 50 mingga yaqin kishiga fuqarolik beriladi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu yangilik bilan O‘zbekistonni tabrikladi.
«O‘zbekiston fuqaroligi yo‘q shaxslarga fuqarolik berish orqali aholining ko‘pincha e'tibordan chetda qoladigan va himoyaga muhtoj qismining turmushini yaxshilash tomon katta qadam qo‘ydi», – deyiladi BMT bayonotida.
Guterrish ushbu qonunni dunyo miqyosida 2024 yilgacha fuqarosizlikka to‘liq barham berish bo‘yicha qilinayotgan sa'y-harakatlarga O‘zbekiston tomonidan qo‘shilgan ulkan hissa deb baholadi.
«Qolaversa, Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha o‘n yillik harakatlar davriga kirar ekanmiz, ushbu yangilik O‘zbekiston hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslikka qat'iy jazm etganining belgisi bo‘ldi», – deya yakunlangan BMT saytidagi rasmiy bayonot.
Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri prezident tomonidan imzolandi.
Unga asosan, 1995 yil 1 yanvarga kadar respublika hududiga kirib kelib, doimiy propiskadan o‘tgan va chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar hamda ularning farzandlari o‘zlari istagan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025