Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Haydovchi qayta imtihondan o‘tishga yo‘naltirildi». 63-avtobusdagi holat bo‘yicha izoh berildi
Haydovchi avtobusdagi GPS nazorat tizimini qasddan o‘chirib, masofani qisqa muddatda bosib o‘tish maqsadida tezlikni oshirgan
Joriy yilning 17 mart kuni 2-avtosaroy tasarrufidagi 63-yo‘nalishda qatnovchi, saf raqami 70 bo‘lgan avtobusning tezligini haddan oshirgani va keskin to‘xtashga harakat qilgani yo‘lovchilarning noroziligini keltirib chiqardi va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, mutasaddilar mazkur voqeani o‘rganganlarida, haydovchi K.R avtobusdagi GPS nazorat tizimini qasddan o‘chirib, masofani qisqa muddatda bosib o‘tish maqsadida tezlikni oshirgani, yo‘ldagi noqulay vaziyat sabab keskin to‘xtashga harakat qilgani natijasida chiptachining avtobus salonida yiqilgani ma'lum bo‘ldi.
Bildirilishicha, ushbu xatti-harakat atroflicha o‘rganilib, haydovchi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan yo‘l va yo‘lovchi tashish qoidalari bo‘yicha qayta imtihondan o‘tishga yo‘naltirildi.
“Hurmatli yo‘lovchi! Agarda siz mazkur holat kabi qoidabuzarliklarga duch kelsangiz, zudlik bilan jamiyatning 1062 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling! Zero, yo‘lovchi hayotini xavfga solishga hech kimning haqqi yo‘q!” - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025