Toshkentda dehqon bozorlari, supermarketlar va shifoxonalar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi
Bugun, 22 martdan boshlab, Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatildi. Shahar hokimligi shu munosabat bilan aholi orasida tarqala boshlagan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Foto: KUN.UZ
«Ma'lum qilamizki, aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, aptekalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari faoliyati to‘xtatilmaydi. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.
Aholimizdan koronavirusning keng tarqalmasligini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ularning salomatligi va xavfsizligi uchun ekanligini tushunishlarini, o‘zlari va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini, shifokorlar tavsiyalariga to‘liq amal qilishlarini iltimos qilamiz», – deyiladi hokimlik bildirishida.
Eslatib o‘tamiz, 25 martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar 223 ming so‘m (BHMning bir barobari) jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik yana qaytariladigan bo‘lsa, jarima miqdori 669 ming so‘mni (BHMning 3 barobari) tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025