Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi barcha buyum bozorlari va savdo komplekslari faoliyati to‘xtatiladi
Karantin talablarini buzganlik uchun qonunda belgilangan choralar ko‘riladi
2020 yil 24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat'iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.
Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya'ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etildi.
Toshkent shahar hokimligining eslatishicha, karantin talablarini buzganlik uchun qonunda belgilangan choralar ko‘riladi.
Avvalroq, Toshkent viloyatida buyum bozorlari yopilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025