Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Olimpiada o‘yinlari hozircha belgilangan muddatda o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qildi
Tokiodagi Olimpiada 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq ko‘plab davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi murakkab sharoitda uning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga qarshi chiqmoqda.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) qo‘mita faxriy a'zosi Richard Paundning 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi muddati kechiktirilishi to‘g‘risidagi bayonotini rad etdi.
Qayd etilishicha, Paund shunchaki o‘z nuqtai nazarini bildirgan xolos.
«XOQning har bir a'zosi XOQ ijroiya qo‘mitasining qarorini talqin qilish huquqiga ega», — deyiladi qo‘mita tomonidan.
Paund Tokiodagi Olimpiada 24 iyuldan boshlanmasligi haqida 23 mart kuni USA Today nashriga aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli ana shunday qarorga kelingan.
O‘sha kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe parlamentdagi chiqishi vaqtida Olimpiada o‘yinlari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli rejalashtirilgan muddatda o‘tkazilishining imkoni yo‘qligini aytgandi.
XOQ Tokio Olimpiadasi hozircha belgilangan muddatda o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qildi. Qo‘mita Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmoqda deb hisoblamoqda. Bu bo‘yicha yakuniy qaror to‘rt hafta ichida qabul qilinadi.
Tokiodagi Olimpiada 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq ko‘plab davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi murakkab sharoitda uning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
20:33 / 13.01.2025