Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim soliqlarni to‘lash 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi - DSQ
Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovning ma'lum qilishicha, tadbirkorlar uchun yengilliklar berilishi bilan bir qatorda, fuqarolar uchun soliqlarni to‘lash bo‘yicha ham imkoniyatlar taqdim etiladi.
«2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi.
290 ming fuqaroga (55 foiz) 181,2 mlrd. so‘mlik hisoblanishi kutilayotgan soliq summalarining to‘lov muddati kechiktirilmoqda.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.
Ma'lumot uchun, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha 7,3 mln fuqaroga 2020 yil uchun 2 trln so‘m soliqlar hisoblangan edi. 15 aprelda to‘lanadigan qismi 1 trln so‘m bo‘lib, bugungi kunda 1,2 mln fuqaro 341 mlrd so‘mini to‘ladi va 15 aprelga qolgan qismi 670 mlrd so‘mdan iborat.
Jismoniy shaxslarga Xayriya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam pullari uchun soliq solinmaydigan bo‘ldi», dedi u AOKA qoshidagi koronavirusga qarshi tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda.
Mavzuga oid
18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
11:00 / 23.07.2022
Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashdi
17:52 / 17.02.2022
Samarqand shahri hokimi o‘zgardi
19:55 / 17.01.2022