Jamshid Qo‘chqorovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ilhom Norqulov vazir Jamshid Qo‘chqorovga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining birinchi o‘rinbosari etib Ilhom Norqulov tayinlandi. U shu paytgacha Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelgan.
Ayni paytda Iqtisodiyot va sanoat vazirligidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga aylantirilgan idorada ikki nafar vazirning o‘rinbosari tayinlanishi kutilmoqda. Shulardan biri Ilhom Norqulov bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, Markaziy bankda Norqulov o‘rniga raisning o‘rinbosari Botir Zohidov tayinlangan.
Ilhom Norqulov 2018 yilning aprel oyidan Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yil mayida Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:16 / 18.10.2024
7 yilda 2 barobar o‘sish? O‘zbekiston 2030 yilda YaIMni 200 mlrd dollarga yetkazishi aytildi
14:48 / 01.11.2023
“30-40 foizgacha suv yo‘qotilishining oldini olishimiz kerak” – Ilhom Norqulov
15:55 / 07.08.2023
Jamshid Qo‘chqorovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 20.02.2023