Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 1 apreldan issiqlik ta'minotini o‘chirish boshlanadi
Issiq suv ta'minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta'minlanishiga barcha choralar ko‘riladi.
1 apreldan boshlab Toshkent shahrida isitish tizimi reja asosida o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish buyicha ishlar olib borilishini ma'lum qilamiz», — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinishicha, issiq suv ta'minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta'minlanishiga barcha choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025