Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudlar qaysi toifadagi ishlarni ko‘rishda davom etishi ma'lum qilindi
Ma'muriy qamoq va qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish to‘xtatilmaydi.
O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha to‘xtatilgan.
Oliy sud matbuot xizmati sudlar qaysi toifadagi ishlarni ko‘rishda davom etishi haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra:
- qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash;
- qamoqda saqlash muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish;
- ma'muriy qamoqqa olish;
- shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish;
- shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish (statsionarda yotish muddatini uzaytirish);
- shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish (muassasada yotish muddatini uzaytirish);
- fuqaroni muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish;
- va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish davom etadi.
Shuningdek, sudlar sud buyrug‘i tartibidagi ishlarni ham ko‘rishi mumkin.
Fuqarolar hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborishi tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, ko‘rib chiqilish uchun tayinlangan ishlar qoldirilgani sababli, ularni ko‘rilishga qayta tayinlangan vaqti bo‘yicha sud majlisi ishtirokchilariga alohida xabar qilinadi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025