Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Klinikadagi bemorlardan biri shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati videomuloqot orqali Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlarning ahvoli, fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.
Bemorlardan biri shifokorlarning juda mas'uliyat bilan to‘g‘ri davolash muolajalarini olib borishayotganini e'tirof etib, kun sayin ahvoli yaxshilanib borayotganini bildirgan.
«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash, ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat'iy choralar ko‘rilmoqda. Bunda tibbiyot xodimlarining fidoyiligi alohida ahamiyatga ega.
Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Isakovich Musabayev rahbarligidagi tajribali jamoa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda alohida faollik ko‘rsatishmoqda.
Ular Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, ilg‘or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, xalqaro standartlar bo‘yicha tezkor va sifatli davolash muolajalarini olib borishmoqda. Ushbu jarayonda tibbiyot xodimlari birdamlikda, bor mahorati va tajribasini ishga solgan holda mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasini mag‘lub etish harakatida. Shu bilan birga, shirin muomalasi va daldasi bilan ham bemorlarga ruhiy madad bo‘lishmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
11:11 / 25.12.2024
Toshkentda logoped markazida bemor bolalar davolangan. SSV markazda tibbiy litsenziya bo‘lmaganini ma’lum qildi
17:06 / 29.09.2024
Tataristonda og‘ir avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi va uning onasi vatanga qaytarildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024