O‘zbekiston | 15:40 / 31.03.2020
20021
1 daqiqa o‘qiladi

Bitiruvchilar onlayn imtihon topshirib, diplomni ham onlayn himoya qilishi mumkin

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov bitiruvchi kurs talabalari onlayn imtihon va bitiruv malaka ishini onlayn himoya qilishi mumkinligini ma'lum qildi.

Abduvali Xoliqov / Foto: KUN.UZ

«Talabalardan asosiy talab, uyda qolib, o‘z soha va yo‘nalishi bo‘yicha darsliklarni o‘zlashtirib, ularni amalda qo‘llay olishidir», dedi u.

Oliy va o‘rta maxsus vazirining 2020 yil 27 martda «Oliy ta'lim muassasalarida masofaviy ta'limni joriy etish to‘g‘risida»gi №233-sonli buyrug‘i bilan Respublika oliy ta'lim muassasalarida talabalar uchun masofaviy ta'limni oliy ta'lim muassasasi xususiyatiga muvofiq metod va texnologiyalarda joriy etiladi va shu asosida o‘qitish tashkil etiladi.

Tasdiqlangan reja-grafiklar asosida fanlarning elektron o‘quv resurslari ishlab chiqiladi hamda masofaviy ta'lim platformasiga joylashtirib boriladi.

Avvalroq, Toshkent moliya institutida masofaviy ta'lim platformasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid