Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dubay Ekspo 2020” ko‘rgazmasini bir yilga surish taklif qilindi
“Dubay Ekspo 2020” (Expo 2020 Dubai) ko‘rgazmasida ishtirok etuvchi davlatlar koronavirus pandemiyasi sababli tashkilotchilarga xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishini bir yilga surish iltimosi bilan murojaat qilishdi.
Bu masala ishtirokchi davlatlar va ko‘rgazma boshqaruv qo‘mitasi vakillari uchrashuvida muhokama qilingan.
Qo‘mita bu masalani ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan, biroq ko‘rgazmaning muddatlarini ko‘chirish bo‘yicha yakuniy qarorni ovoz berish asosida Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi bosh assambleyasi qabul qilishi kerakligini aytgan.
Bir necha kun avval “Dubay Ekspo 2020” ofisi xodimlaridan birida koronavirus aniqlanib, u karantinga olingan.
Bungacha ko‘rgazma Dubayda 2020 yil oktyabrda ochilib, 2021 yil aprelgacha davom etishi rejalashtirilayotgandi. Ko‘rgazma 11 mln kishini jalb qilishi kutilmoqda.
1928 yilda tashkil etilgan Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi ko‘rgazmalar taqvimini tuzadi, ko‘rgazmalar tanlovi va ularni tashkillashtirishni o‘tkazadi, ko‘rgazmalar tashkilotchilari o‘rtasidagi hamkorlikning eng yaxshi sharoitlarini yaratish uchun huquqiy me'yorlar o‘rnatadi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
09:38 / 26.04.2025
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025