Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada mahbuslar tibbiy niqoblar tikishni boshladi
Hozirda Polshada epidemiya rejimi joriy etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 2554 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 43 nafari vafot etgan.
Polshada mahbuslar tibbiy niqoblar tikish va dezinfeksiyalovchi suyuqliklar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda mamlakat adliya vazirining o‘rinbosari Mixal Vuychik ma'lum qildi.
"24ta jazoni ijro etish muassasasida niqoblar tikish boshlandi", - dedi Vuychik.
Uning ma'lumot berishicha, mahbuslar oyiga 800 ming donaga yaqin niqob tikadi. Bundan tashqari, jazoni ijro etish tizimidagi korxonalardan birida hospitallar uchun maxsus kombinezonlar ishlab chiqarilmoqda, dedi u.
Mahbuslar shuningdek, maxsus dezinfeksiyalovchi suyuqliklar ishlab chiqarishga ham kirishadi.
"Yana bir jazoni ijro etish muassasasida maxsus dezinfeksiya vositalari ishlab chiqarish liniyasini tashkil etamiz. Oyiga 80 ming litrga yaqin suyuqlik tayyorlanadi", - dedi vazir o‘rinbosari.
Hozirda Polshada epidemiya rejimi joriy etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 2554 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 43 nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025