Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvasoy shahriga yangi hokim tayinlandi, Farg‘ona viloyatida yana o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahriga ham yangi hokim tayinlandi. Viloyat uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan Ravshan Rahimjonov shaharning yangi hokimi etib tayinlangan.
Ravshan Rahimjonov 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shaharning yangi rahbari etib tasdiqlangan.
U bu lavozimda 2011 yildan buyon ishlab kelgan, endilikda viloyatning boshqa bir shahri - Marg‘ilonga rahbar etib tayinlangan Adhamjon Ziyovuddinov o‘rnida ish boshlaydi.
Endilikda Marg‘ilon shahrining sobiq hokimi Mirzohid Mirodilovich Ubaydullayev Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egallashi kutilmoqda.
O‘z navbatida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Farhod Murodovich Toshpo‘latov boshqa lavozimda ish boshlashi kutilmoqda.
Sayt manbasining xabar berishicha, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida ham hokim almashishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, hozirda tumanda Anvar Aliyevich Abdullayev hokim hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025