Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda 20 mingga yaqin mehnat muhojirlari yashayotgan yotoqxonalar karantinga olindi
20 mingga yaqin mehnat muhojirlari yashayotgan yotoqxonalar koronavirus infeksiyasi tobora avj olib borayotgani sababli ikki haftaga karantinga olingan.
Hukumat yakshanba kuni 120 nafar kishida koronavirus aniqlanganini xabar qildi, deb yozmoqda Guardian nashri.
Bu Singapurda bir kun ichida kasallik oshishining eng yuqori ko‘rsatkichidir. Kasallanganlarning aksariyati yuqorida aytilgan yotoqxonalardagi ishchilar bilan bog‘liq.
Odatda Singapurga Janubiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlaridan mehnat migrantlari qurilishlarda ishlashadi va ulkan yotoqxonalarga joylashishadi.
Singapurda bugungi kungacha koronavirusga chalinish holatlari soni 1309tani, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 230 nafarni tashkil etmoqda, 6 kishi vafot etgan.
Avvalroq, Singapurda karantin tufayli maktab yopilishi haqidagi qaror rasman e'lon qilinishidan avval tarqatgan er-xotin hibsga olingani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025