Toshkent viloyatining 4 tumanida virusdan zararlanish holatlari aniqlangan. Bu hududlar aholisidan karantinga qat'iy amal qilish so‘raldi
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, O‘rta Chirchiq va Toshkent tumanlarida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq jami 18ta holat qayd etilgan.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabi viloyat hududidagi vaziyat bo‘yicha ma'lumot berdi.
«6 aprel kuni soat 19:00 holatiga Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 18 nafar bemor bor. Ular ayni paytda Toshkent shahrida joylashgan Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti va Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikalarida muolaja olishmoqda.
Shuningdek, bu bemorlar bilan birlamchi kontaktga kirishgan 400dan ortiq fuqaro Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Qibray tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Zangiota tumanidai yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek, ayrimlari uy sharoitida karantinga olingan.
Karantinga olingan fuqarolarga malakali vrach va hamshiralar biriktirilgan. Shifoxonalar va xonadonlar milliy gvardiya hamda ichki ishlar organi xodimlari tomonidan 24 soat qo‘riqlanmoqda. Uy sharoitida karantinga olingan fuqarolarga zarur oziq-ovqat va boshqa tibbiy-gigiyenik vositalar muntazam yetkazib berilmoqda», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan keltirilgan xabarda.
Viloyat hokimligi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yashash joylari bo‘yicha ma'lumotlarni ham keltirib o‘tgan.
Ma'lum bo‘lishicha, viloyatning to‘rt tumanida - Qibray, Zangiota, O‘rta Chirchiq va Toshkent tumanlarida koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilgan:
O‘rta Chirchiq tumani, Paxtaobod qishlog‘i
O‘rta Chirchiq tumani, «Ravotak» MFY
O‘rta Chirchiq tumani, «O‘rta ovul» MFY
O‘rta Chirchiq tumani, «G‘uzor» MFY
Zangiota tumani, «Taraqqiyot» MFY
Zangiota tumani, «Turkiston» MFY, (2 nafar)
Qibray tumani, Do‘rmon ko‘chasi
Qibray tumani, Hikmat ko‘chasi
Qibray tumani, «Yuqori yuz» MFY
Qibray tumani, «Zafarobod» MFY
Qibray tumani Solar GES, Ziyokorlar ko‘chasi
Toshkent tumani, «Sabzavot» MFY
Toshkent tumani, «G‘ishtko‘prik» MFY
Toshkent tumani, «Zarbdor» MFY (2 nafar)
Toshkent tumani, «Ko‘ksaroy» MFY (2 nafar)
«Mazkur hududlar va unga yondosh joylarda yashovchi fuqarolardan karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlarini, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, kasallik belgilari sezilsa, isitma ko‘tarilsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
O‘zingiz bilmagan holda virus tashuvchisiga aylanib qolishdan saqlaning! O‘zaro muloqotga kirishganda ijtimoiy masofa saqlang!», deyiladi Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabi xabarida.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024