Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning holdingi Rossiyada koronavirusga qarshi kurashga 2 mlrd rubl ajratadi
USM xoldingi aksiyadorlari Rossiya hududiga yangi koronavirus infeksiyasi olib kirilishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab ehtiyojlari uchun 2 mlrd rubl ajratishga qaror qildi.
Alisher Usmonov, Vladimir Skoch, Farhod Moshiriy va Ivan Streshinskiy holdingning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.
Mablag‘lar shtab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida foydalanish uchun beg‘araz taqdim etiladi.
Moliyalashtirish birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar uchun himoya vositalari, ularning transport bilan ta'minlanishi, shuningdek, tibbiyot xodimlari va koronavirusdan zararlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni davolash ishlarida band bo‘lganlarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi haftalar davomida holding aksiyador bo‘lgan korxona va kompaniyaning resursi va kuchi koronavirusga qarshi kurashishga yo‘naltirilmoqda.
USM – metallurgiya va tog‘-kon qazib chiqarish, telekommunikatsiya, texnologiya a internet sohasidagi aktivlarga egalik qiladi va ularni boshqaradi. «Metalloinvest», «Megafon», Baykalskaya gornaya kompaniya, Mail.ru Group guruh aktivlari qatoriga kiradi.
- Bundan avvalroq, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratgani, bu mablag‘ Toshkent viloyatida qurilayotgan shifoxonalarni eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun yo‘naltirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025