Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Karantindan keyin» - Oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish tadbirlari qachon boshlanishi haqidagi savolga javob berildi
Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarining ikkinchi bosqichi karantin davri tugaganidan keyin o‘tkaziladi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov AOKAdagi brifingda Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarining ikkinchi bosqichi karantin davri tugaganidan keyin o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2015 yil 5 martdagi 2658-son) talablariga asosan har yili 1 apreldan 20 mayga qadar viloyat mudofaa ishlari boshqarmalarida oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarining (individual-psixologik o‘rganish va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash) ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Biroq, hozirgi kunda butun dunyo miqyosida koronavirus infeksiyasi yuqori sur'atlarda tarqalayotgani hamda respublikamizdagi karantin rejimini ta'minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar sababli Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarining ikkinchi bosqichi karantin davri tugaganidan keyin o‘tkazilishi belgilandi», deya Bahrom Zulfiqorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025