Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov O‘zbekistonga tibbiyot vositalari yuboradi
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov koronavirusga qarshi kurash uchun Xitoydan tibbiyot vositalari yuboradi.
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi saytida xabar berilgan.
Manbada aytilishicha, ayni damda Shanhayda bo‘lib turgan Odil Ahmedov o‘z hisobidan tibbiyot xodimlari uchun maxsus kombinezon, himoya ko‘zoynagi va yuz shlemidan iborat tibbiy vositalarni O‘zbekistonga yuboradi. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi milliy jamoa sardori homiylik qilgan gumanitar yordam Toshkentga yetib kelishini ta'minlaydi.
Ma'lumot uchun, Odil Ahmedov koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonga kirib kelgach, ikkinchi marta xayriya ishlarida qatnashdi. Oldinroq futbolchi aka-ukalari bilan Namangandagi kam ta'minlangan oilalarga 500 million miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilgani aytilgandi
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025