Sport | 15:16 / 09.04.2020
13565
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston eng ko‘p ochko yo‘qotgan jamoa bo‘ldi

Bugun, 9 aprel kuni FIFA milliy jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘tgan oydagi o‘rni – 85-pog‘onani saqlab qoldi. 

Koronavirus pandemiyasi sababli milliy jamoalar deyarli o‘yin o‘tkazmagani uchun egallab turgan o‘rinlari va ochkolarini saqlab qolishgan. Ajablanarlisi, faqatgina ikki mamlakat jamoasining ochkolarida farq kuzatildi – Belarus milliy jamoasining ochkosi 3taga oshgan bo‘lsa, O‘zbekiston 3 ochko yo‘qotgan jamoaga aylandi. Shuningdek, reytingda faqatgina Janubiy Sudan milliy jamoasi bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan. 

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo jamoalari ichida 12-o‘rinni egallagan. JCh-2022 saralashidagi guruhdoshlarimizdan esa, Saudiya Arabistoni 67, Falastin 103, Yaman 144, Singapur esa 157-pog‘onadan joy olgan.

FIFA reytingi. Top-10lik:
1. Belgiya – 1765 ochko
2. Fransiya – 1733
3. Braziliya – 1712
4. Angliya – 1661
5. Urugvay – 1645
6. Xorvatiya – 1642
7. Portugaliya – 1639
8. Ispaniya – 1636
9. Argentina – 1623
10. Kolumbiya – 1622

Osiyo mamlakatlari reytingi:
28. Yaponiya - 1500
33. Eron - 1489
40. Janubiy Koreya - 1464
42. Avstraliya - 1457
55. Qatar - 1396
67. Saudiya Arabistoni - 1351
70. Iroq - 1344
71. BAA - 1334
76. Xitoy - 1323
79. Suriya - 1314
82. Ummon - 1303
85. O‘zbekiston – 1286.

Mavzuga oid