O‘zbekiston | 17:31 / 10.04.2020
29145
1 daqiqa o‘qiladi

21 oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi

Foto: marifat.uz

Bugun, 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Qonun 2ta moddadan iborat.

1-moddaga asosan, 21 oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi

2-moddaga ko‘ra, qonun rasman e'lon qilingan kun – bugundan boshlab kuchga kiradi.

Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 23 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 24 mart kuni ma'qullangan.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr – «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan kun. 1989 yilda qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan.

Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

Mavzuga oid