Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi ikkita shifoxonadan karantinga o‘tkazilgan 870 kishiga uyiga javob berildi
Andijon viloyatida karantinda bo‘lgan 870 kishiga uylariga ketishga ruxsat berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Andijon tibbiyot instituti klinikasida navbatchilikda turgan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, klinikadagi 618 nafar xodim va bemor karantinga olingan edi.
Shuningdek, Andijon shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida faoliyat yurituvchi shifokorda ham virus qayd etilgach, muassasadagi 252 xodim «Barkamol avlod» sport majmuasining yotoqxonasiga karantinga o‘tkazilgan.
Viloyat shtabidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, 14 kun davomida har ikkala muassasadan karantinga olinganlar orasida kasallik aniqlanmagan.
Karantinga olinganlarning 849 nafari – Andijon viloyatining turli tuman va shaharlaridan bo‘lib, 21 nafari esa boshqa viloyatlar (Namangandan 10 kishi, Farg‘onadan 9, Toshkent viloyatidan esa 2 nafar)dan bo‘lgan.
870 kishi maxsus tashkil etilgan avtobuslarda o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi.







Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025