Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirishi ehtimoli yuqori bo‘lgan kasb egalaridan test olina boshlanishi mumkin
Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida koronavirus yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi qatlamini profilaktik laborator tahlillardan o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.
Foto: Eddie Gaspar/The Texas Tribune
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirus infeksiyasi yuqish ehtimoli yuqori bo‘lgan kasblar haqida ma'lumot berdi.
«Tibbiyotda «kasallanish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi qatlami» degan tushuncha mavjud. Bu qatlamga kasb faoliyatiga bevosita bog‘liq odamlar ham kiradi.
Kasallanish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi qatlami orasida birinchi o‘rinda bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘ladigan shaxslar – tez tibbiy yordam xodimlari turadi. Chunki ular chaqiruvga asosan, bemorlarni ko‘rish uchun borishadi.
Shuning uchun, tez tibbiy yordam xodimlari kasallanmasligi uchun ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, birinchi yordam ko‘rsatish jarayonida joydagi epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha malakaga ega», – dedi Bahrom Almatov 10 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi qatlamini Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida profilaktik laborator tahlillardan o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.
«Tahlildan o‘tkazib turish rejalashtirilgan kasb egalari orasida tez tibbiy yordam xodimlari va oilaviy poliklinikalarda fuqarolar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan qabul bo‘limi xodimlari, shifokorlar va hamshiralar bor.
Bundan tashqari, hududlarda jamoa bilan ko‘p ishlaydigan sotuvchilar, hisobchilar ro‘yxatlari ham shakllantirilgan. Ularni ham doimiy tekshirib borish yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Bahrom Almatov.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
17:23 / 12.12.2024