Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda amaldagi surishtiruv instituti tugatiladi. Uning vakolati tergov organlariga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy gvardiyasining ishni sudga qadar yuritish jarayonini tubdan isloh qilish va ekspertiza faoliyatining mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha quyidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin:
tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirib, surishtiruv institutiga o‘zgartirish, amaldagi surishtiruv institutini tugatib, uning vakolatini soddalashtirilgan tergov o‘tkazish tartibini saqlab qolgan holda tergov organlariga o‘tkazish;
jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan birga prokurorga yuborilayotganda ayblanuvchi yoki uning himoyachisi tomonidan prokurorga “himoya xulosasi” taqdim etish tartibini joriy etish;
Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sud ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallarini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlarini (kriminalistika vakolatlari bundan mustasno) ushbu markazga berish.
Mavzuga oid
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?
10:52 / 22.01.2025