Jamiyat | 10:01 / 13.04.2020
8295
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda 14 750 000 so‘mlik dastgohlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 5 aprel kuni 28 yoshli F.M. Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u arizasida 4 aprel kunidan 5 aprel kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Paxtaobod MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish sexiga kirib, u yerdan jami narxi 14 750 000 so‘mlik dastgohlarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (o‘g‘irlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 41 yoshli X.A. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid