Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada dam olish kunlari 48 soatlik komendantlik soati joriy etiladi
Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli 48 soatlik komendantlik soatini joriy etish amaliyotini dam olish kunlari davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
Turkiya ichki ishlar vazirligi 10 aprel kuni kechqurun koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatdagi 31 viloyatda aholining ko‘chaga chiqishi taqiqlanishi to‘g‘risida e'lon qilgandi. Kutilmaganda e'lon qilingan qarordan so‘ng oziq-ovqat do‘konlarida odamlar uzun navbatlar hosil qildi va koronavirus tarqalishi xavfi oshdi. Bu qaror muxolifatdagi Xalq respublika partiyasi tomonidan keskin tanqid qilindi.
"Juma kungi holat takrorlanmasligi uchun avvaldan e'lon qilmoqchiman, dam olish kunlari komendantlik soati e'lon qilinadi, zarurat bo‘lsa, kelgusida ham joriy etiladi", - dedi Erdo‘g‘an millatga murojaatida.
Avvalroq Sulaymon So‘ylu mamlakatda 48 soatlik komendantlik soati muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng Twitter orqali iste'foga chiqishini e'lon qilgan va mamlakat rahbariyati hamda xalqdan kechirim so‘ragandi.
Ammo Erdo‘g‘an ichki ishlar vazirining iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilmadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025