Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda «Ammofos» o‘g‘itlarini hujjatlarsiz olib ketayotgan shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan viloyat IIB JQB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari “Sangzor-15” postida Jizzax-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Sharof Rashidov tumani, Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi L.B. boshqaruvida bo‘lgan “HYUNDAI PORTER II” yuk avtoulovini to‘xtatib tekshirganda, 46 dona polietilen qoplarda 2300 kg “Ammofos” minerali hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro L.B. ichki ishlar xodimlariga mineral o‘g‘itni Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi savdo do‘konidan xarid qilganini bildirgan. Xarid cheklari yashash uyida qolganligi haqida ko‘rsatma bergan.
Ushbu holat bo‘yicha viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilganda bir qancha qonunbuzilish holatlari yuzaga chiqdi.
Ya'ni, fuqaro L.B. mineral o‘g‘itning 12 ta qopini Sharof Rashidov tumani, Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi, fermer xo‘jaligi raisi A.R.dan sotib olgan.
Surishtiruv davomida yuk mashinasidagi 1400 kilogramm mineral o‘g‘it Jizzax shahar, Olmazor mahallasida istiqomat qiluvi M.S.ga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Fuqaro M.S. ushbu mineral o‘g‘itlarni Paxtakor tumanidagi fermer xo‘jaliklari raislaridan xarid qilgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB JQB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025