Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya Yevropadagi beshta shaharni Hyperloop liniyasi bilan bog‘lamoqchi
Hardt Hyperloop startapi Shimoliy Hollandiya provinsiyasi ma'muriyati bilan hamkorlikda Yevropaning beshta shahri - Amsterdam, Parij, Bryussel, Dyusseldorf va Frankfurtni bog‘laydigan vakuumli poyezdlar tarmog‘i qurishni rejalashtirmoqda.
Niderlandiyaning Hardt Hyperloop startapi Shimoliy Hollandiya provinsiyasi ma'muriyati bilan hamkorlikda vakuumli quvur ichida harakatlanuvchi magnitli yostiqchadagi kapsulalarning afzalligi ko‘rsatib berilgan tadqiqot o‘tkazdi. Amsterdamdan Parij, Bryussel, Dyusseldorf yoki Frankfurtga sayohat vaqti bir necha soatdan bir necha o‘n daqiqagacha qisqarishi mumkin. «Chegaralar tom ma'noda yo‘q bo‘ladi», - deb yozadi mualliflar.
Masalan, Amsterdamdan Bryusselga 30 daqiqada, Parijga esa bir yarim soatda yetib borish mumkin bo‘ladi, deyiladi Guardian sahifasida.
Agar pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz chetga surib qo‘yilsa ham, bunday loyihaning iqtisodiy foydalari va texnik natijadorligi hali ham savol ostida qolmoqda. Skeptiklarning ta'kidlashicha, boshqa transport vositasini ixtiro qilgandan ko‘ra, mavjud transport turlarini modernizatsiya qilish yaxshiroqdir.

Biroq, Shimoliy Hollandiyada transport uchun mas'ul Yyerun Oltxofning ma'lum qilishicha, Yevropaning beshta shahridan iborat «ixcham mintaqa» yaratish imkoniyatidan juda taassurotda qolgan, bu shaharlar aholisi istalgan manzilga borish uchun bir soatgacha vaqt sarflaydi.
Tadqiqotchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, vaqtni tejash provinsiya YaIMni 121 foizga yoki 275 milliard yevroga oshiradi. Shu bilan birga, Sxipxol aeroportidan parvozlar soni 2040 yilga kelib sezilarli darajada kamayadi, bu global iqlim isishga qarshi kurashda muhimdir.

Hamkorlar tadqiqotni davom ettiradi va boshqa idoralar bilan 2013 yilda Ilon Mask tomonidan taklif etilgan loyihani amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Tesla hamda SpaceX rahbari 2017 yilda Hyperloop g‘oyasini protiplash uchun eng yaxshi loyiha bo‘yicha Mask tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovda g‘olib chiqqan Hardt Hyperloop startapining asoschisiga aylandi.
Startap Delft shahrida 3 kilometrlik uzunlikdagi sinov yo‘lini qurdi hamda Deutsche Bahn temir yo‘l operatori va Tata Steel mis quyish giganti kabi jiddiy sheriklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Korxonada harakatlanuvchi qismlarni talab qilmaydigan, bitta joydan boshqasiga kapsulalarni «ko‘chirish» noyob texnologiyasi ham mavjud.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025