Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident qarori bilan II chorak uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlar ikkinchi yarim yillikka o‘tkaziladi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini ta'minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda barcha darajadagi budjetlarning barqarorligini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlarini maqbullashtirish, 2020 yil II choragi uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish orqali karantin davrida barcha darajadagi budjetlarning barqarorligini ta'minlash bo‘yicha qaror qabul qilish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, hukumatga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020 yilning 16 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qo‘shimcha ustamalar to‘lash bo‘yicha taklif kiritish, besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash hamda jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilgan.
Mavzuga oid
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
15:03 / 03.05.2025