Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston IOSCO’ning ko‘p tomonlama memorandumini imzolash jarayonini tezlashtiradi
IOSCO MMOU 2002 yilda qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchilar - IOSCO a'zolari o‘rtasida axborot almashish hamda moliya bozorida noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi joriy yil oxiriga qadar IOSCO’ning maslahat olish, hamkorlik qilish hamda axborot almashish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama memorandumini (MMOU) imzolashni rejalashtirgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, ayni masala 13 aprelda agentlik rahbariyati hamda IOSCO tashkilotining yetakchi maslahatchisi Izabel Pastor rahbarligidagi kotibiyat vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada muhokama qilindi.
Konferensiya davomida memorandumni imzolash uchun O‘zbekiston tomonidan qonunchilik bazasini tayyorlash jarayonini tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Agentlik tomonidan IOSCO MMOU ko‘p tomonlama memorandumining imzolanishi O‘zbekiston jahon standartlari va tamoyillariga amal qilayotganligi, birja faoliyati shaffofligi ta'minlanganligini ko‘rsatib, bu esa, o‘z navbatida, chet ellik investorlarni jalb etish imkonini beradi.
«Memorandumni imzolashimiz yirik xalqaro investorlarni bizning qimmatli qog‘ozlar bozorimizga kirishdan qo‘rqmaslikka chaqirib, uning shaffofligini va noqonuniy operatsiyalar, xatti-harakatlardan himoyalanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu O‘zbekistonning qonunchilik va nazorat bazasi xalqaro ekspertizadan o‘tib, ijobiy baholanganligidan darak beradi», - deb ta'kidladi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Tursun Mahkamov.
Hozirgi kunda moliya bozoridagi o‘zaro harakatlar to‘g‘risidagi memorandumni (Multilateral Memorandum of Understanding, MMOU) dunyoning 138 ta davlati imzolagan.
IOSCO MMOU 2002 yilda qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchilar - IOSCO a'zolari o‘rtasida axborot almashish hamda moliya bozorida noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xalqaro komissiyalar tashkiloti (International Organization of Securities Commissions, IOSCO) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchi milliy organlarni qamrab oladi. Uning shtab-kvartirasi Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
12:06 / 12.10.2022
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona portal orqali amalga oshiriladi
07:28 / 24.02.2022
Jismoniy shaxslar va chet elliklarga davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga ruxsat beriladi
10:29 / 05.11.2021
Qimmatli qog‘ozlar bozori va aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirish kiritildi
08:57 / 13.10.2020