Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar prokuraturasi va DXX Toshkent shahar boshqarmasida maxsus tergov xonalari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati:
a) Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yilning 1 yanvariga qadar:
jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma'lumotlarni qayd etish tartibini elektron tizimga o‘tkazish, shu jumladan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan materiallarning yagona hisobini yuritish tizimini yaratish;
tergovchilarning xonalarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlash;
bedarak yo‘qolgan, shaxsi noma'lum murdalar hamda qidiruvdagi shaxslar haqidagi ma'lumotlar almashinuvi tizimini yaratish maqsadida Yagona elektron dasturni ishlab chiqish choralarini ko‘radi;
b) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar sinov tariqasida ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda Toshkent shahar prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasida maxsus tergov xonalarini tashkil etadi;
v) 2021 yil 1 oktyabrga qadar maxsus tergov xonalarini joriy etish sinovlari natijalaridan kelib chiqib, bunday xonalarni respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasiga takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?
10:52 / 22.01.2025