Jamiyat | 16:59 / 17.04.2020
12042
2 daqiqa o‘qiladi

«Saxovatli insonlar» xayriya loyihasi Marg‘ilondagi mingdan ortiq oilalarga ehson tarqatdi

O‘zbekistonda karantin joriy etilgach, ko‘plab oilalar moddiy tomondan qiyin holatda qoldi. Shunday sharoitda ko‘plab tadbirkorlar va faollar tomonidan yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga ko‘mak berish maqsadida xayriya aksiyalari tashkil etila boshlandi.

Albatta, bunday xayrli ishlarni ibrat namuna sifatida e'tirof etishimiz lozim.

«Saxovatli insonlar» ehson loyihasi

24 martdan Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida xayr-ehson qiluvchilarni birlashtirgan «Saxovatli insonlar» ehson loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Biz loyiha tashkilotchisi Abdug‘affor Ergashev bilan bog‘landik.

«Saxovatli insonlar» loyihasiga bugungi kunga qadar yaxshi insonlardan 120 mln.ga yaqin miqdorda pul mablag‘lari kelib tushdi. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirkorlar o‘z mahsulotlari, fuqarolar ham ro‘zg‘or mahsulotlarini ehson qilishmoqda.

Hozirgacha Marg‘ilon shahar va uning atrofida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj mingga yaqin oilaga yordam berildi. Bizga barcha mutasaddi tashkilotlar qo‘llaridan kelgancha yordamlarini berishmoqda», deydi Abdug‘affor Ergashev.

«Sahovatli insonlar» ehson loyihasi haqida telegramdagi MehrMargilon guruhidan kerakli ma'lumotlarni olish mumkin.

Plastik karta orqali pul tushirmoqchi bulganlar uchun: 8600 3104 8392 1268

Muhammadaziz Toirov Tel: +998904070307

Mavzuga oid