Jamiyat | 19:19 / 17.04.2020
60381
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Uy sharoitida antiseptik tayyorlashni o‘rganamiz

Ko‘chaga eng kerakli mahsulotlarni olish uchun chiqib kelib, uyga qaytganda qo‘llarimizni, shaxsiy buyumlarimiz va do‘kondan olib kelingan narsalarni uy sharoitida antiseptik bilan tozalash virusdan himoyalanishda muhim.

Foto: 123RF

Bu mahsulot ba'zi joylarda tanqisligini hisobga olib, uy sharoitida antiseptik tayyorlashni o‘rganamiz.

Buning uchun bizga:

  • 70 foizdan kam bo‘lmagan 250 ml. spirt (50 ml.dan 5 dona flakon)
  • 15 ml. vodorod perekisi
  • 5 ml. tibbiyot glitserini
  • 60 ml. toza yoki qaynab sovigan suv
  • shprits (kattaroq hajmdagisi yaxshiroq),
  • qorishmani aralashtirishga va ishlatishga qulay bo‘lgan 400 ml. dan kam bo‘lmagan purkagichli idish.

250 ml. spirtni idishga quyamiz. 5 ml. Tibbiyot glitserinini shprits orqali o‘lchab idishga quyamiz. Keyin 15 ml. vodorod perekisini shu tarzda o‘lchab, uni ham idishga quyamiz.

Spirtdan bo‘shagan flakonchaga suv to‘ldirib quyganimizda bu 50 ml bo‘ladi, kolgan 10 ml.ni shprits orqali o‘lchab, uni ham idishga quyamiz va aralashtiramiz.

Antiseptikimiz tayyor desa ham bo‘ladi.

Endi uni purkagichi bor birorta idishga quyib, yaxshilab aralashtiramiz. Muhimi idish sig‘imi 350-400 ml.dan kam bo‘lmasligi kerak.

Bu aralashma bilan ko‘chada ushlashimiz mumkin bo‘lgan shaxsiy buyumlarimiz: kalit, hamyon, telefon, eshik dastaklari, oyoq kiyimlarimizning tagi va ustiga sepib, virus va mikroblardan himoyalanishimiz mumkin.

Biror kichikroq idishli flakonga tayyor antiseptik quyilsa, cho‘ntakda olib yurish, ehtiyoj tug‘ilganda ko‘chada ishlatsa bo‘ladi.

O‘zingizni, oilangizni ehtiyot qiling.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq antiseptik gelni qanday tayyorlash haqida ma'lumot bergan edik.

Mavzuga oid