Jamiyat | 10:38 / 18.04.2020
11053
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda yuz bergan YTH natijasida yo‘lovchi vafot etdi

YTH natijasida “Neksiya” yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 23:20larda Xorazm viloyati, Shovot tumani, Paxtakor mahallasi hududidan o‘tgan 4R159 avtomobil yo‘lining 33-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1987 y.t. S.Q. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, belgilangan oraliq masofani saqlamasdan, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1970 y.t. F.R. boshqaruvida bo‘lgan “MTZ-80” rusumli traktor tirkamasining orqasiga kelib urilib, YTH sodir qilgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasining yo‘lovchisi, 1986 y.t. L.X. olgan tan jarohatlari bilan YTH joyida vafot etgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi S.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid