Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Germaniyadagi cheklov choralarini yumshatish taklifini tanqid qildi
Kansler 30 aprelda federal yerlar bosh vazirlari bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishini aytdi.
Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklov choralarini yumshatish zarurligi borasidagi munozaralarni tanqid ostiga oldi. Bu haqda DPA agentligi xabar bermoqda.
Merkel Germaniyadagi epidemiyaga qarshi kurashdagi ijobiy o‘sish aholining cheklovlarni yumshatish borasidagi hukumat fikrini noto‘g‘ri tushunishiga va natijada kasallik yuqtirish holatlari o‘sib ketishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Uning fikricha, "choralarni yumshatish borasidagi munozaralar hech qanday samara bermaydi ". Kansler 30 aprelda federal yerlar bosh vazirlari bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishini aytdi.
U shuningdek, savdo markazlari va hayvonot bog‘larini ochishga qaror qilgan Reynland-Pfals hukumatini tanqid qildi.
Robert Kox nomidagi virusologiya instituti bergan ma'lumotga ko‘ra, Germaniyada 141 672 kishi koronavirusga chalingan, 4 404 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025