Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada favqulodda holat rejimi 22 maygacha uzaytirildi
Gruziyada favqulodda holat rejimi 21 mart kuni e'lon qilingandi. 14 aprel kuni mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariya hukumat prezidentga murojaat qilishini va favqulodda holat rejimini uzaytirishni so‘rashini ma'lum qildi.
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili hukumatning koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi.
"Men favqulodda holatni 22 maygacha uzaytirish to‘g‘risidagi dekretni imzoladim. Bizning umumiy vazifamiz – bu sinovga dosh bera olish", - dedi Zurabishvili telemurojaatida.
Chorshanba kuni mamlakat parlamenti favqulodda holatni 22 maygacha uzaytirish to‘g‘risidagi prezident dekretini ko‘rib chiqadi.
Gruziyada favqulodda holat rejimi 21 mart kuni e'lon qilingandi. 14 aprel kuni mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariya hukumat prezidentga murojaat qilishini va favqulodda holat rejimini uzaytirishni so‘rashini ma'lum qildi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, Gruziyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 408 ta holat aniqlangan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024