Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksford lug‘atiga koronavirus bilan bog‘liq yangi so‘zlar kiritildi
Lug‘atshunoslar ingliz tilining eng katta lug‘ati - Oksford lug‘atiga koronavirus bilan bog‘liq yangi so‘zlar kiritishdi.

Foto: AP Photo / Caleb Jones
Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Lug‘atda “ijtimoiy masofa”, “o‘zini yakkalash” va WFH abbreviaturasi, ya'ni work from home (uydan ishlash) iboralari paydo bo‘lgan.
“Bu bir so‘zning (COVID-19) qisqa vaqt ichida qo‘llanishi keskin oshishi va uning tilda ustunlik qilishi kuzatilayotgan kamdan-kam uchrovchi holatdir”, deb aytgan lug‘at muharrirlaridan biri Bernadett Peton.
COVID-19 so‘zining o‘zi esa lug‘atga “odamlarda koronavirus bilan chaqiriluvchi o‘tkir respirator kasallik, u og‘ir holatga va hattoki o‘limga olib kelishi mumkin, ayniqsa keksalar va turli kasalliklarga ega kishilarda” degan ta'rif bilan kiritilgan.
Lug‘atshunoslar ham ayni vaqtda ko‘pchilik kabi uylaridan ishlashmoqda. Ular pandemiya sababli yuz berayotgan o‘zgarishlarni qayd qilib, lug‘atga u yoki bu so‘z yoki iboralarning kiritilishi bo‘yicha o‘z takliflarini berishmoqda.
Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, hozir koronavirus (yoki COVID-19) so‘zi tilda ustunlik qilmoqda. Vaholanki, bungacha dekabrda eng ko‘p qo‘llanuvchi so‘zlar “Brexit” va “impichment”, yanvarda “koala”, bushfire – “vayronkor o‘rmon yong‘inlari”, “sarancha” va “qotillik” bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021