Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Toshkentga 155 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Ushbu reys Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi. Unda deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan va chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.
22 aprel kuni «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi 155 nafar O‘zbekiston fuqarosini Moskvadan Toshkentga olib keldi, deb xabar berdi Rossiya transport vazirligi.
Ushbu reys Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi. Unda deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan va chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.
Aviakompaniya Toshkentdan Moskvaga 48 kishini olib ketgan, ulardan 18 nafari Belarus fuqarolaridir.
Avvalroq 15 aprel kuni «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini Yekaterinburgdan Toshkentga olib borish uchun maxsus reysni amalga oshirgani xabar qilingandi.
Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib kelish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida alohida qaror qabul qilishini hamda charter reyslarining sanasi va yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma'lumot rasmiy internet-manbalar orqali qo‘shimcha ravishda tarqatilishini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025