Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq inqirozdan so‘ng iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 540 mlrd yevro ajratilishini ma'qulladi
Yevroittifoq davlatlari va hukumatlari rahbarlari COVID-19 inqirozidan so‘ng YeI iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ma'qulladi.
"U to‘rtta ustuvor yo‘nalishni belgilab beradi. Bu to‘liq faoliyat yuritadigan yagona bozor. Investitsiyalar sohasidagi beqiyos harakatlar. Koronavirusga qarshi global harakatlar. Yaxshi faoliyat ko‘rsatadigan boshqaruv tizimi", - dedi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel.
Mishel shuningdek, davlatlar, korxonalar va ishchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy miqdori 540 mlrd yevroni tashkil etuvchi uchta sug‘urta dasturi tasdiqlanganini ma'lum qildi.
"Biz bu paket 1 iyundan ishga tushishini so‘radik", - dedi Yevrokengash rahbari.
Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining ma'lumot berishicha, Yevroittifoqda mart oyida avtomobillar savdosi 55,1 foizga tushib ketgan.
Bundan tashqari, sanoatning boshqa yo‘nalishlari, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalari katta zarar ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025