Jahon | 16:00 / 25.04.2020
2219
2 daqiqa o‘qiladi

Air France aviakompaniyasi hukumatdan 7 mlrd yevro yordam oladi

O‘z navbatida Niderlandiya hukumati Air France bilan birgalikda Air France - KLM aviakompaniyasini tashkil etuvchi KLM aviakompaniyasiga 2 mlrd yevrodan 4 mlrd yevrogacha moddiy yordam ajratadi.

Foto: Picture Alliance

Koronavirus pandemiyasi sababli Fransiya hukumati Air France aviakompaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 7 mlrd yevro ajratadi. Bundan 3 mlrd yevroni davlat ajratsa, yana 4 mlrd yevroni banklarning kafolatli kredit yordami tashkil etadi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Bryuno Le Mer ma'lum qildi.

"Biz milliy aviakompaniyamizni saqlab qolishimiz kerak", - deb ta'kidladi Le Mer. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Air France milliylashtirilmaydi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati Renault avtokonserni uchun 5 mlrd yevrolik yordam paketini ishlab chiqmoqda. 

O‘z navbatida Niderlandiya hukumati Air France bilan birgalikda Air France - KLM aviakompaniyasini tashkil etuvchi KLM aviakompaniyasiga 2 mlrd yevrodan 4 mlrd yevrogacha moddiy yordam ajratadi.

Pandemiya sababli parvozlar to‘xtatilgani bois butun dunyodagi aviakompaniyalar mablag‘ yetishmovchiligiga duch keldi. Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi milliardlab yevro zarar ko‘rmoqda. Lufthansa moliyaviy yordam olish ilinjida Germaniya, Shveytsariya, Avstriya va Belgiya hukumatlari bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid