Janubiy Koreya prezidenti maslahatchisi Kim Chen In o‘zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qildi
Janubiy Koreya prezidentining maslahatchisi ba'zi ommaviy axborot vositalarining Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In og‘ir ahvoldaligi yoki hattoki o‘lgani haqidagi taxminlarini rad etdi.
U Fox News telekanaliga intervyusida “Kim Chen In hayotligi va o‘zini yaxshi his qilayotganini” ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi 13 apreldan beri Vonsan kurort shahrida qolmoqda. Ayni vaqtgacha hech qanday shubhali harakatlanishlar amalga oshirilgani payqalmagan.
Avvalroq AQShning Shimoliy Koreya muammolari bilan shug‘ullanuvchi 38 North sayti sun'iy yo‘ldoshdan Kim Chen Inning shaxsiy poyezdi 21 va 23 aprel kunlari Vonsandagi stansiyada qayd qilinganidan darak beruvchi suratlar olganini ma'lum qilgan.
Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi esa Shimoliy Koreya davlat radiosiga tayanib, 26 aprelda Kim Chen In avvalroq ochilishida ishtirok etgan Samchjiyon shahri quruvchilariga minnatdorlik bildirganini ma'lum qilgan.
“Nodon sinmun” nashri 27 aprelda Shimoliy Koreya yetakchisi turistik majmua quruvchilariga minnatdorlik so‘zlari yo‘llaganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, Kim Chen Inning ommaviy tadbirlarda ishtirok etgani haqida xabarlar berilmagan.
Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi gaplar u 11 apreldan omma oldida ko‘rinish bermay qo‘ygandan keyin tarqala boshlagandi.
Mavzuga oid
19:37 / 18.11.2024
Kim Chen In KXDR harbiylariga murojaat yo‘lladi
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024