Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya va Singapur sohillari yaqinida anomal ko‘p sonda tankerlar to‘plandi
AQShning Kaliforniya shtati va Singapur sohillari yaqinida o‘nlab neft tankerlari okeanda langar tashladi. Ta'kidlanishicha, Long-Bich porti yaqinida bunday tankerlardan 27 tasi, Singapur yaqinida esa kamida 60 tasi qayd qilingan.
Ayni vaqtda Kaliforniyada dispetcherlar va harbiylar bunday “noyob” vaziyat ortidan kuzatuv olib borib, qolgan kemalar va atrof-muhit xavfsizligini ta'minlashmoqda.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, neft treyderlari mart-aprelda ancha arzonlashib ketgan neftni quruqlikdagi omborlar to‘lib-toshgani sababli tankerlarda saqlashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ular koronavirus ustidan g‘alaba qozonilgach, neft narxi yana ko‘tarilishi va vaziyatdan foyda bilan chiqishga umid qilishmoqda.
Ta'kidlanishicha, shunga o‘xshash vaziyat Malta va Janubiy Afrika sohillari yaqinida ham kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
21:01 / 10.03.2025