Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensionerlarning ortiqcha hisoblangan pensiya bo‘yicha qarzlaridan voz kechiladi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, 2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.
Farmon bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning 2020 yil 20 aprel holatiga qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Shuningdek, 2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–5978-son Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati 2020 yil 31 dekabrgacha uzaytirilishi belgilandi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan va kelgusida to‘lanadigan soliq summalarini to‘lash bo‘yicha muddatni mustaqil ravishda, biroq ikki yildan oshirmasdan belgilash huquqiga ega.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
11:03 / 08.06.2024