Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Ikromov: «Falon so‘m xayriya qilasan, deb tadbirkorni zo‘rlash mumkin emas»
28 aprel kuni Savdo-sanoat palatasida palata raisi Adham Ikromov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati va unda tadbirkorlarning ishtiroki masalasida so‘z bordi.
Umumxalq harakatiga qo‘shilmagan tadbirkorlarga hozir yoki keyinchalik mahalliy hokimiyat organlari tomonidan turli shakllarda bosimlar bo‘lishi ehtimoli hamda Savdo-sanoat palatasi bunga qarshi turishga tayyormi, deya berilgan savolga Adham Ikromov quyidagicha javob berdi.
«Men kelganda Savdo-sanoat palatasi judayam formal tashkilot edi. Biz endilikda kuchayib boryapmiz. Savdo-sanoat palatasi qaysi davlatlarda kuchli bo‘lsa, tadbirkorlarga shunchalik ko‘makchi bo‘ladi.
Biz yiliga 15 mingta sudda yutamiz va tadbirkorlar huquqlari himoya qilinadi», – dedi Ikromov.
Palata raisiga ko‘ra, joylarda tadbirkorga shu masalada qandaydir bosim bo‘ladigan bo‘lsa, bu hokimlarning madaniyati bilan bog‘liq.
«Albatta, men aytolmayman bir hokim tadbirkorga bosim qilmaydi deb. Bu madaniyat, hokimliklar madaniyati.
Bir yoki ikki yil avval hokimlar tadbirkorga qanday muomala qilganini yaxshi bilasiz.
Bundan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyev oxirgi videoselektorda Biznes-ombudsmanni turg‘azib aytdilarki, «Shunday holatlar uchun boshing bilan javob berasan», – deb.
Biz aytyapmizki, mana shunday holatlar bo‘lishi mumkin emas. Tadbirkorni falon so‘m xayriya qilasan, deb zo‘rlash mumkin emas», deya Ikromovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025